Qurilish mollari do'koni uchun savdo dasturi

Metr va kvadrat metrlab, qop va rulonlab sotasiz. Ulgurji narx, yetkazib berish buyurtmasi va qarz hisobi — bitta dasturda.

Xo'jalik mollari do'konida asbob-uskunalar orasida turgan sotuvchi

Do'koningiz uchun nima bor

  • Metr va kvadrat metrlab sotish

    Kabel, quvur, taxtani metrlab, plitka va laminatni kvadrat metrlab sotasiz. Miqdor kasr bo'lishi mumkin, masalan 2,5 m.

  • Qop, rulon, dona

    Sement qopi, rulon va dona butun son bilan sotiladi.

  • Ulgurji narx

    Kassada chakana yoki ulgurji (optom) narxni tanlaysiz. Ulgurji narx yozilmagan tovarda chakana narx olinadi.

  • Buyurtma va yetkazib berish

    Mijoz buyurtmasini yozasiz: yetkazib beriladimi yoki o'zi olib ketadimi, manzili bilan.

3 qadam — va kassa tayyor

  1. Ro'yxatdan o'ting

    Telefon raqam va do'kon nomi — 1 daqiqa. Namuna tovarlar bilan darhol sinab ko'rasiz.

  2. Tovarlarni kiriting

    Excel'dan yuklang yoki bittalab qo'shing. O'lcham to'plamlari tayyor turadi.

  3. Sotishni boshlang

    Skaner yoki telefon kamerasi bilan. Kechqurun hisobot tayyor.

Har kim o'z ishini ko'radi

  • Rahbar

    Savdo, foyda va qarzlarni istalgan joydan ko'radi. Kim nima qilgani yozib boriladi.

  • Kassir

    PIN-kod bilan kiradi va tez sotadi. Ortiqcha tugma yo'q — adashmaydi.

  • Omborchi

    Tovar qo'shish, transfer va inventarizatsiya — telefon bilan ham.

Bepul boshlang. Kerak bo'lsa — kengaytiring.

Hamma tarifda barcha imkoniyatlar ochiq. Farqi — do'kon va xodimlar soni.

  • Kassa, tovar, mijoz, qarz, hisobot
  • Internetsiz ishlash
  • Telefon, planshet, kompyuter

Standart

100 000UZS / oyiga

  • Do'konlar: 3 tagacha
  • Xodimlar: 10 tagacha
Boshlash

Pro

7 kun bepul sinov

200 000UZS / oyiga

  • Do'konlar: 10 tagacha
  • Xodimlar: 50 tagacha
Boshlash

Savollar? Mana javoblar.

Metrlab sotsa bo'ladimi?

Bo'ladi. Metr va kvadrat metrda kasr miqdor kiritiladi, masalan 3,5 m. Qop va rulon esa butun son bilan sotiladi.

Optom narx bormi?

Bor. Tovarga ulgurji narx yozasiz, kassada uni tanlaysiz. Katta mijozga qarzga sotsangiz, qarz uning kartasida yoziladi.

Yetkazib berishni yozib qo'ysa bo'ladimi?

Bo'ladi. Buyurtmada mijoz, tovarlar va manzil yoziladi, yetkazib berish yoki olib ketishni belgilaysiz.

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Ha. Kassa internetsiz ham sotadi va chek chiqaradi. Internet kelganda cheklar o'zi yuboriladi.

Qanday qurilma kerak?

Telefon, planshet yoki kompyuter yetarli. Skaner va chek printer bo'lsa — ulaysiz. Bo'lmasa, telefon kamerasi shtrix-kodni o'qiydi.

Bepul sinov tugagach nima bo'ladi?

Tarif tanlaysiz va ishlashda davom etasiz. Tanlamasangiz yangi sotuv to'xtaydi, lekin ma'lumotlar o'chmaydi va hisobotlar ochiq qoladi.

Bugun boshlang — ertaga savdo tartibda

Ro'yxatdan o'tish bepul va 1 daqiqa oladi.