Oziq-ovqat do'koni uchun savdo dasturi

Kilo va litrlab sotasiz, tarozi yorlig'idagi shtrix-kodni kassa o'qiydi. Kassa, ombor, mijoz va qarz — bitta dasturda, telefonda ham ishlaydi.

Oziq-ovqat do'konida kassa yonida turgan xaridor

Do'koningiz uchun nima bor

  • Kilo va litrlab sotish

    Tovarni kilogramm, litr yoki dona bilan sotasiz. Miqdor kasr bo'lishi mumkin, masalan 1,250 kg.

  • Tarozi shtrix-kodi

    Tarozi chop etgan yorliqdagi shtrix-kodni kassa o'qiydi, tovar va og'irligi o'zi tushadi. Buni sozlamalarda yoqasiz, tovarga tarozi kodi (PLU) yoziladi.

  • Ulangan tarozidan vazn

    Kompyuterga tarozi ulangan bo'lsa, vazn kassaga o'zi keladi (Chrome yoki Edge brauzerida).

  • Yaroqlilik muddati

    Kerakli tovarda muddat nazoratini yoqasiz va yaroqlilik sanasini yozib borasiz.

3 qadam — va kassa tayyor

  1. Ro'yxatdan o'ting

    Telefon raqam va do'kon nomi — 1 daqiqa. Namuna tovarlar bilan darhol sinab ko'rasiz.

  2. Tovarlarni kiriting

    Excel'dan yuklang yoki bittalab qo'shing. O'lcham to'plamlari tayyor turadi.

  3. Sotishni boshlang

    Skaner yoki telefon kamerasi bilan. Kechqurun hisobot tayyor.

Har kim o'z ishini ko'radi

  • Rahbar

    Savdo, foyda va qarzlarni istalgan joydan ko'radi. Kim nima qilgani yozib boriladi.

  • Kassir

    PIN-kod bilan kiradi va tez sotadi. Ortiqcha tugma yo'q — adashmaydi.

  • Omborchi

    Tovar qo'shish, transfer va inventarizatsiya — telefon bilan ham.

Bepul boshlang. Kerak bo'lsa — kengaytiring.

Hamma tarifda barcha imkoniyatlar ochiq. Farqi — do'kon va xodimlar soni.

  • Kassa, tovar, mijoz, qarz, hisobot
  • Internetsiz ishlash
  • Telefon, planshet, kompyuter

Standart

100 000UZS / oyiga

  • Do'konlar: 3 tagacha
  • Xodimlar: 10 tagacha
Boshlash

Pro

7 kun bepul sinov

200 000UZS / oyiga

  • Do'konlar: 10 tagacha
  • Xodimlar: 50 tagacha
Boshlash

Savollar? Mana javoblar.

Tarozidagi tovarni qanday sotaman?

Tovarni tarozida tortib, yorliq chop etasiz, kassada shtrix-kodni o'qitasiz. Buning uchun sozlamalarda tarozi shtrix-kodini yoqing va tovarga tarozi kodini (PLU) yozing.

Internet uzilsa-chi?

Kassa ishlashda davom etadi: savdolar qurilmada saqlanadi, internet qaytgach o'zi yuboriladi.

Muddatini kuzata olamanmi?

Ha, tovar kartasida muddat nazoratini yoqasiz. U o'zi yoqilmaydi, kerakli tovarlarga o'zingiz belgilaysiz.

Internet bo'lmasa ishlaydimi?

Ha. Kassa internetsiz ham sotadi va chek chiqaradi. Internet kelganda cheklar o'zi yuboriladi.

Qanday qurilma kerak?

Telefon, planshet yoki kompyuter yetarli. Skaner va chek printer bo'lsa — ulaysiz. Bo'lmasa, telefon kamerasi shtrix-kodni o'qiydi.

Bepul sinov tugagach nima bo'ladi?

Tarif tanlaysiz va ishlashda davom etasiz. Tanlamasangiz yangi sotuv to'xtaydi, lekin ma'lumotlar o'chmaydi va hisobotlar ochiq qoladi.

Bugun boshlang — ertaga savdo tartibda

Ro'yxatdan o'tish bepul va 1 daqiqa oladi.